Rossiya va Belorussiya 1-avgustdan reyslarni qayta tiklaydi, deb xabar beradi Office Life portali.

“Ikki mamlakatning eng yirik aviakompaniyalari — Belarus va Rossiya — Aeroflot va Belaviya Minsk-Moskva reyslari uchun chiptalarni sotishni yoʻlga qoʻydilar”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova 1-avgustdan boshlab ruslar Buyuk Britaniya, Tanzaniya va Turkiyaga ucha olishlarini maʼlum qilgan edi. Transport vaziri Ditrixning soʻzlariga koʻra, kompaniyalar yaqin kelajakda chiptalarni sotishni boshlaydilar.
27-martdan boshlab Rossiya tomoni koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa davlatlar bilan muntazam va charter reyslarini toʻxtatdi.