Rossiya va Belarusda ijtimoiy tarmoqlardan biri ishlamay qoldi

“Ria.ru”ning “Downdetector” veb-saytiga tayanib xabar berishicha, bir nechta davlatlarda Telegram tarmogʻida uzilish roʻy berdi.

Foto: Tweaklibrary.com

Maʼlumotlarga koʻra, messenjerdagi uzilishlar Toshkent vaqti bilan soat 15.34 da boshlangan. Shu bilan birga, Telegramdagi eng koʻp nosozliklar Rossiyada, shuningdek Belarus, Polsha, Vengriya, Singapur va boshqa mamlakatlarda qayd etilgan.

Shikoyatlarning aksariyati messenjerga ulanish imkoniyati yoʻqligi (92 foiz) va xabarlarni yuborishdagi muammolar (5 foiz) haqida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog