Rossiya sinov uchun Meksikaga 2 ming doza “Sputnik V” vaksinasini yuboradi

Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrardning El Universal nashriga bergan intervyusiga koʻra, Rossiya Meksikaga “Sputnik V” koronavirus vaksinasining 2000 dozasini yuboradi.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya vaksinasini sentyabr oyida yetkazib berish kutilmoqda. Shu bilan birga, vaksinani klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshlash rejalashtirilgan.

“Biz ular (ruslar) bilan bir muncha vaqtdan beri muzokaralardamiz. Kecha Meksikaga kamida 2000 doza vaksinani olish taklifi bildirildi … uni Meksikada sinab koʻrish boshlanadi va bu juda yaxshi yangilik”, dedi Ebrard.

Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinaga qoʻshimcha ravishda, Meksikada yana toʻrtta vaksina boʻyicha klinik sinovlarning uchinchi bosqichi oʻtkaziladi: ikkita Xitoyda, bitta Amerika va bitta Angliya — Fransiya hamkorligida yaratilgan vaksinalar.

Arafada Ebrard Meksika koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi sinovlarining yakuniy bosqichida ishtirok etishdan manfaatdor ekanligini aytdi. Shuningdek, u sinovlarda ishtirok etgani tufayli Meksika vaksinani qisqa muddatda olishiga umid bildirdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog