Rossiya koronavirus qayd qilingani bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqdi

11 may kuni Rossiya Britaniya va Italiyani chetlab oʻtib, koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari boʻyicha dunyoda uchinchi oʻringa chiqib oldi. Bu haqda Jon Xopkins universiteti oʻz maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Rossiyada ushbu kasallikka chalinganlar soni 221 344 kishiga yetgan. Bu koʻrsatkich Buyuk Britaniyada 219 183, Italiyada esa 219 070 nafarni tashkil qilmoqda.

Biroq, Buyuk Britaniya va Italiyada 11 may uchun hali maʼlumotlarni eʼlon qilmagan. Agar ularda 3000 dan ortiq kasallanish qayd etilsa Rossiya yana 5 oʻringa qaytish ehtimoli mavjud.

Roʻyxatni haligacha AQSH 1 329 799 koʻrsatkich bilan boshqarib kelmoqda. Undan soʻng, roʻyxatning 2 oʻrnida Ispaniya 224 350 koʻrsatkich bilan turibdi. Agar Rossiya ushbu “tempda“ davom etsa Ispaniyani ham quvib oʻtishi mumkin.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada kasallanganlarning 39 801 nafari sogʻaygan. 2 009 nafari esa vafot etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog