Mandatory Credit: Photo by Alexander Zemlianichenko/AP/REX/Shutterstock (9735833a) On, Two municipal workers stand ready to clean an area ahead of the Denmark-France World Cup match at Moscow's Luzhniki Stadium in Moscow, Russia, Tuesday, June 26, 2018. Legions of migrant workers, most of them are from Central Asia and elsewhere are the unsung heroes of Russia's World Cup, endlessly cleaning stadium grounds and fan zones but unable to watch the world-class soccer unfolding in their midst Russia Soccer WCup Migrant Workers, Moscow, Russian Federation - 26 Jun 2018

Rossiya hukumati 150 ming o‘zbekistonlik muhojirning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

//

Rossiya hukumati 150 ming nafar o‘zbekistonlikning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda Rossiya Migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenovga tayanib, “Podrobno” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, amnistiya mamlakatdan sud qaroriga ko‘ra chiqarib yuborilgan toifaga kiruvchi xorij fuqarolariga taalluqli emas. Agarda deportatsiya Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, idoraning sayti — “Mvd.ru” orqali taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirish mumkin.

Vadim Kojenov fuqarolarni ushbu “amnistiya” munosabati bilan faollashgan firibgarlarga ishonmaslik bo‘yicha ogohlantirgan. Ular o‘zbekistonlik muhojirlarga pul evaziga taqiqni yechib berishni va’da qilib pul ishlamoqda, aslida esa taqiq Rossiya hukumati tomonidan olib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi. Unda 2021-yil 1-yanvarga qadar Rossiya IIVning pasport-viza xizmati vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara, Ufa, Chimkent va Istanbul shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgandi.

O‘sha yilning dekabrida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Pasport-viza xizmati hamda Moskva shahrining Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi. Ushbu hujjat Rossiyada mehnat qilish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda chiqish jarayonlarini soddalashtirishi aytilgandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar