Rossiya chempionatining 21-tur uchrashuvlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Rossiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanadi. Bu haqda TASS’ga tayanib Tribuna portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 3-aprel kuniga belgilangan «Rostov» – «Krasnodar», «Spartak» – «Orenburg» uchrashuvlari Sankt-Peterburgda sodir yetilgan xunrezlikda qurbon bo‘lganlar xotirasi uchun bir daqiqa sukut bilan boshlanadi.

Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog