Rossiya Bosh prokuraturasi O‘zbekistonning Gulnora Karimovaga tegishli mol-mulkni xatlash haqidagi so‘rovini ko‘rib chiqmoqda

Rossiya Bosh prokuraturasi O‘zbekistonning Gulnora Karimovaga tegishli mol-mulkni xatlash haqidagi so‘rovini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib Daryo.uz nashri xabar berdi.

Foto: korrespondent.net

“Rossiya Bosh prokuraturasiga O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan G. Karimovaga taalluqli jinoiy ish yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatish haqida so‘rov kelib tushdi. Unda ko‘chmas mulk obyektlarini xatlash haqida iltimos qilingan. So‘rov ayni paytda ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.

Matbuot xizmati gap qaysi ko‘chmas mulk obyektlari haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

Oldinroq OAVda Gulnora Karimovaga Moskvadagi “Kamelot” turar-joy kompleksida maydoni 420 kvadrat kilometr bo‘lgan pentxaus va Rublevo-Uspensk shossesida koshona tegishli bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Ekspertlar pentxausni 4—4,5 million dollarga baholadi, shossedagi dang‘illama uylar esa 1 milliondan 60 million dollargacha turishi mumkinligi bildirildi.

Avvalroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar