Foto: osnmedia.ru

Rossiya bosh konsulxonasi xodimlari Hayratondan O‘zbekistonga ko‘chirildi

/

Afgʻonistonning Hayraton shahrida faoliyat koʻrsatgan Rossiyaning Mozori Sharifdagi bosh konsulxonasi diplomatlari Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili — matbuot kotibi Yusup Kabuljanov maʼlum qildi.

“Darhaqiqat, hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasining Hayraton shahrida (Afgʻoniston) konsullik muassasasida faoliyat yuritgan diplomatlar Oʻzbekiston hududiga muvaffaqiyatli tarzda olib kelindi”, — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Afgʻonistonning 1TV News telekanali “Tolibon” harakati kuchlari Mozori Sharifga kirib kelayotgani munosabati bilan Turkiya, Pokiston va Eron konsulxonalari ushbu hududdagi faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatgani haqida xabar bergan edi. RIA Novostining xabar qilishicha, Rossiyaning Mozori Sharifdagi bosh konsulxonasi “vaziyat aniqlangunga qadar” yopilgan.

Latest from Blog