Ronaldu reklama qilgan ZTE Nubia Z17 mini 56 sekundda 50 ming dona sotildi


Xitoyning ZTE kompaniyasi tomidan 6-aprel kuni namoyish qilingan Nubia Z17 mini nomli yangi smartfonni kompaniya futbolchi Krishtianu Ronaldu orqali reklama qildi. Bu haqda Terabayt portali xabar qilmoqda.

Smartfon 56 sekund orasida 50 ming dona sotilgan va bu ZTE’ga 14,5 million dollar daromad keltirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Nubia Z17 mini «aqlli telefon»ining eng qimmat talqini 290 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.

ZTE Nubia Z17 mini gadjeti Nubia turkumining boshqa smartfonlaridan farqli ravishda Xitoydan tashqarida ham may oyidan boshlab sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, ZTE Nubia Z17 mini’da 2 ta 13 megapikselli sensordan iborat bosh kamera, 16 megapikselli old kamera, 5.2 dyuymli Full HD displey, 64 GB doimiy xotira va barmoq izlari skaneri, 2930 mA soat sig‘imli akkumulyator mavjud.

ZTE Nubia Z17 mini’ning kichik versiyasi 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 652 hamda 4 GB «operativka», yuqori talqinida esa – Qualcomm Snapdragon 653 chipi hamda 6 GB tezkor xotira o‘rnatilgan. Smartfondagi xotirani microSD orqali kengaytirish mumkin. Kichkina talqin 246 AQSh dollaridan savdoga chiqarilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar