Ronaldu IFFHSning “Eng yaxshi xalqaro toʻpurar” sovrinini qoʻlga kiritdi

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) sovriniga “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida 5-bor loyiq koʻrildi.

eurosport.ru

“IFFHS Worldʼning “Eng yaxshi xalqaro toʻpurar-2019” sovrinini qoʻlga kiritganimdan mamnunman”, – deydi 35 yoshli portugaliyalik instagramdagi sahifasida.
Maʼlumot uchun, IFFHSning bu sovrini yil davomida xalqaro turnirlar va yevrokuboklarda eng koʻp gol urgan futbolchiga beriladi. Ronaldu ushbu mukofotni qoʻlga kiritish borasida yaqqol yetakchi hisoblanadi. U 2019-yili “Yuventus” safida yevrokuboklarda va Portugaliya milliy jamoasida 21 ta toʻp kiritgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog