“Rohat” aylanmasida yangi bogʻlanma yoʻlni qurish ishlari shu yildan boshlanadi

Toshkent hokimiyati Yashnobod tumanida “Rohat” aylanmasi deb atalmish yoʻlda yangi bogʻlanma koʻprik yoʻl tarmogʻini barpo etish masalasini oʻrganib chiqmoqda. Qurilish ishlarini shu yilda boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiriga Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi xodimi xabar bergan.

Qoʻmita vakilining soʻzlariga koʻra, bedapoya bargi shakliga oʻxshash boʻlgan koʻprik yoʻl tarmogʻi loyihasi tayyorlangan. Hozir qurilish ishlarini kelgusi oydan boshlash va mablagʻ ajratish masalalari muhokama qilinmoqda.

“Biz mazkur loyihani ikki bosqichda amalga oshirishni rejalashtirdik. Bu juda katta ish xajmi bilan bogʻliq. Chunki yoʻl tarmogʻiga ulangan Chirchiq daryosi boʻylab yangi koʻprik barpo etiladi. Eski koʻprik esa demontaj qilinadi. Birinchi bosqichda bedopoya bargi shaklidagi yoʻlning bir qismi barpo etiladi. Bu yoʻl tarmogʻi Qoʻyliq bozori yoʻlidan “Kesishma” deb atalmish chorahagacha boʻlgan yoʻnalishdagi yoʻl qismi hisoblanadi”, — deb taʼkidladi qoʻmita vakili.

Ikkinchi bosqichda esa Chirchiq daryosi orqali oʻtadigan yangi koʻprik qurilishi boshlanadi va unga bogʻlangan yoʻl qismi rekonstruktsiya qilinadi. Parallel ravishda yoʻlning qolgan qismini barpo etish ishlari olib boriladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog