Riyad Mahrez Zinedin Zidanning nishonida

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Riyad Mahrez transferini amalga oshirish maqsadida futbolchining vakillari bilan aloqa oʻrnatgan. Bu haqda “FootMercato” saytiga tayanib “ESPN” nashri xabar berdi.

Foto: ESPN

Futbolchi oʻtgan mavsumda 13ta gol urib, 16ta golli uzatmani amalga oshirgani uchun Zinedin Zidanning transfer nishoniga aylangan. Ammo, Mahrezning “Siti” bilan shartnomasida yana uch yil bor va u bosh murabbiy Pep Gvardiola rejasining asosiy qism hisoblanadi.

Shuningdek, klub “Valensiya”dan Ferran Torresni olib kelgan boʻlsada, Mahrez asosiy tarkibda koʻrilmoqda. Bundan tashqari, “Siti”ning yana bir qanot hujumchisi Leroy Sane “Bavariya” klubiga oʻtib ketgan. Bu esa klubning yana bir asosiy vingerini yoʻqotishni istamayotganini bildiradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog