Reuters: O‘zbekistonda aholi 1-oktabrdan naqd xorijiy valyuta sotib olishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab aholi naqd xorijiy valyuta sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 23-sentabr kuni ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Bosh vazir hukumat bundan keyin ham milliy valyuta devalvatsiyasini davom ettiradimi, degan savolga javob berarkan: “Buni bozor ko‘rsatadi”, — deya javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentabrdagi farmoni bilan aholi uchun valyuta almashtirish sohasidagi cheklovlarni bartaraf etish haqida ko‘rsatma bergan edi.

Hozirgi vaqtda jismoniy shaxslar naqd xorijiy valyutani banklarga sotishi mumkin. Biroq jismoniy shaxslar bankdan xorijiy valyutani hozircha faqat xalqaro to‘lov kartalariga tushirish orqali olishi mumkin edi.

Latest from Blog