Reklamada endi litsenziya va sertifikatlarni keltirish shart bo‘lmaydi

Reklama joylashtirish to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, reklamada “mahsulot sertifikatlangan” yoki “xizmatlar litsenziyaga ega” iboralari qatnashishiga oid talab bekor qilindi.

Foto: Commercial Associates

Avvalda sertifikatlanishi majburiy mahsulot yoki litsenziya talab qilinadigan mahsulot/xizmat reklamasida yuqoridagi eslatmalar albatta qatnashishi majburiy edi.

Tegishli qarorni Davlat raqobat qo‘mitasi qabul qildi.

Shu bilan birga, sertifikatlanadigan yoki litsenziyalanadigan mahsulot/xizmatlarni tegishli hujjatlarisiz reklama qilish avvalgidek taqiqlanadi. Reklama chiqaruvchi va tarqatuvchi reklama beruvchidan litsenziya va muvofiqlik sertifikatini talab qilishga haqli, deb yozadi Norma.

Agar reklama qilinayotgan mahsulot va xizmatlarga litsenziya yoki sertifikat bo‘lmasa, reklama ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchiga 5 EKIH dan 7 EKIHgacha (860 ming – 1,2 mln so‘m) miqdorda jarima solinadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar