“Real” prezidenti: “Ronalduni vaznicha keladigan oltinga ham sotmayman”

1 daqiqada oʻqiladi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotish istagida emasligini ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda Olamsport portali.

Foto: ESPN FC

Hozirda portugaliyalik futbolchining Madrid klubidan ketishi haqidagi xabarlar oqimi ko‘payib boryapti. Peres o‘z bayonoti bilan bu xabarlarga munosib javob qaytradi.

“Krishtianu Ronalduni sotish? Hech qachon. Menga Ronalduning vaznichalik keladigan oltin taklif qilishsa ham, uni sotmayman. Faqat buyuk futbolchilargina bir jamoaga sadoqatdi bo‘lishadi”, – dedi Peres Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Fikr bildirish

Latest from Blog