“Real” jamoasining yaqin tarixdagi mashhur futbolchisi qamalishi mumkin

Madridning “Real” futbol klubi hamda Braziliya terma jamoalarining sobiq himoyachisi Roberto Karlos aliment pulini o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Foto: fc-anji.ru

Ma’lum bo‘lishicha, Brazilinyanig Rio-de-Janeyro shahri Adliya departamenti ikki nafar farzandiga aliment nafaqasini to‘lamaganligi uchun futbolchini uch oy qamoq jazosiga tortishni talab qilgan.

44 yoshli Roberto Karlos sobiq turmush o‘rtog‘i Barbara Turlerga 61 ming real (20 ming AQSh dollari) miqdorida aliment pulini to‘lamagan.

Futbolchining ushbu holatni moliyaviy qiyinchilik bilan izohlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Roberto Karlosning 9 nafar farzandi bor. Yaqinda futbolchining oilasida Marina ismli qizaloq dunyoga keldi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar