«Real» 67 million dollarga 16 yoshli braziliyalik futbolchini sotib oladi


Madridning «Real» jamoasi «Flamengo»ning yarimhimoyachisi 16 yoshli Vinisius Juniorni sotib olmoqchi. Bu haqda 7-may kuni Globo.com xabar qildi.

Nashrning xabariga ko‘ra, pul o‘tkazmasi 61 million yevroni (67 million dollar) tashkil qiladi. Avvalroq futbolchiga Ispaniyaning «Barselona» jamoasi ham qiziqish bildirgan edi. «Barselona» futbolchiga 25 million yevro (27,5 million dollar) taklif qilgan.

Juniorning «Real» jamoasiga o‘tishi uning voyaga yetgidan so‘ng, ya’ni 2018-yilning yoz faslida kutilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar