Ravshan Ermatov soʻnggi oʻn yillikning eng yaxshi hakamlari roʻyxatiga kiritildi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) soʻnggi oʻn yillikning eng yaxshi hakamlari roʻyxatini tuzdi.

Ushbu roʻyxatga oʻzbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov ham kiritildi.

2011-2020 yillar oraligʻida IFFHS hakamlarning har bir yildagi reytingini olgan va shu orqali ularni baholagan. Yil hakami boʻlganlarga 20 ball, 2-oʻrindagilarga 19 ball, 3-pogʻonadagilarga esa 17 ochko berildi va 20-oʻringa qadar shu tarzda baholangan.

Unga koʻra, eng yaxshi hakam deb germaniyalik Feliks Brix (141 ball) topildi. Undan 1 ochkoga ortda qolgan turkiyalik Junayt Chaqir esa 2-boʻldi. Kuchli uchlikka niderlandiyalik Born Kyuypers kiritilgan.

Oʻzbekistonlik Ravshan Ermatov esa 33 ball bilan 16-oʻrindan joy oldi.

Eslatib oʻtamiz, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ravshan Ermatov besh marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.

U faoliyati davomida uchta Jahon chempionatida qatnashib, bosh hakam sifatida 11 oʻyinni boshqargan va bu koʻrsatkich boʻyicha rekordchi hisoblanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog