Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Ravshan Ermatov Milliy olimpiya qo‘mitasida birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida navbatdan tashqari saylov yig‘ilishida Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidentligiga Ravshan Ermatov nomzodi ilgari surildi va kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi, deya xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelgan.

Latest from Blog