Foto: Instagram.com

Ravdah Mohamed muslima ayollarga qarshi “ildiz otib ketgan stereotiplar”ga qarshi kurashishini aytdi

/

Shu oyda 29 yoshli Somali-Norvegiyalik model oʻz Instagram sahifasida Fransiyadagi cheklovga qarshi “handsoffmyhijab” heshtegli selfini ulashdi.

Keyinchalik ingliz tilidagi #handsoffmyhijab (hijobimdan qoʻlingizni torting) va uning fransuzcha versiyasi #PasToucheAMonHijab heshteglari Instagram, Twitter va Tiktokda keng tarqalib ketdi. Koʻplab ayollar Fransiya senatining 18 yoshga toʻlmagan ayollar jamoat joylarida hijob kiyib yurishlariga boʻlgan cheklovni qonunga kiritish taklifiga qarshi noroziliklarini aynan shu heshteglar orqali tarmoqlarda izhor etishmoqda.

Mohamed the Guardian nashriga “Harakat yuzaga chiqishi uchun heshteg oʻylab topdim” deb aytdi. “Etnik ozchilikni tashkil qiluvchi ayollarga doim gapirishadi. Buni nazorat qilish va hikoyamizni hammaga bildirishni istadim”.

Mohamed yana taklif qilingan bu qonun “diskriminatsiya va musulmon ayollarga qarshi ildiz otib ketgan stereotiplar”dan kelib chiqqanini qoʻshimcha qildi.

Moda sanoatidagi hikoyasini soʻzlab berarkan, Mohamed siyosatchilarning gap soʻzlaridan qoʻrqadigan va hijobli ayolni reklamalarda koʻrsatishni istamaydigan media sababli juda koʻp mijozlardan rad javobi olganini aytdi.

Latest from Blog