Rasman: Xayrulla Bozorov Fargʻona viloyatiga hokim boʻldi

Bugun Fargʻona viloyat faollari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Foto: OʻzA

Yigʻilishda Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev boshqa ishga oʻtayotganligi munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi.

Prezident farmoni bilan bugungi kunga qadar Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Bozorov Xayrulla Hayitboyevich Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog