Foto: Ortadoğu Haber

Ramzan Qodirovning daromadlari bir yilda ellik baravarga oshdi

/

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 2020-yilda 381 million rubl daromad topgani maʼlum boʻldi. Bu 2019-yilga nisbatan 50 baravar koʻp ( 7,58 million rubl).

Qodirovning daromadlar deklaratsiyasida u 2020-yil davomida 381 million rubl daromad topgani maʼlum qilingan.
Deklaratsiyada umumiy maydoni 32 ming kvadrat metr boʻlgan ikkita yer uchastkasi va 2,3 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan turar-joy binosi borligi ham koʻrsatilgan.

Shuningdek, uning yana bir 300 kvadrat metrlik turar-joy binosi mavjud boʻlib, u yerda uning rafiqasi va 12 farzandi yashaydi.
Deklaratsiyaga qaraganda, Qodirovga tegishli hech qanday avtotransport yoʻq. Qodirovning rafiqasi 1,5 million rubl daromadi, maydoni 209,8 kv kv. boʻlgan kvartiraga ega ekanligini eʼlon qilgan.

Aprel oyining boshlarida “Proyekt” Internet-nashri Qodirovning rasmiy rafiqasi Medni Qodirovadan tashqari kamida ikkita norasmiy xotinlari borligi, ulardan biri Moskvadagi qimmat kvartiralarda roʻyxatdan oʻtganligi haqida xabar bergan edi.

Surishtiruv mualliflari koʻchmas mulkning umumiy qiymatini deyarli 800 million rublga baholashgan. Ularning fikriga koʻra, bu summa Checheniston rahbarining rasman koʻrsatilgan daromadi miqdordan ancha yuqori.

Mualliflar advokat Pavel Krotovga tegishli millionlab dollarlik biznesga ham Qodirovning aloqasi borligini taʼkidlaydi.

Latest from Blog