Ramzan Qodirov Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qildi

Checheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Qodirov O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif davomida Ramzan Qodirov Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi «Ko‘kcha» masjidi va qabristoniga borib, marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qabrini ziyorat qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovni qabul qilishi rejalashtirilgan. R.Qodirov Samarqand va Buxoro shaharlariga ham borishi kutilyapti.

Latest from Blog