Foto: Prezident matbuot xizmati

“Rahbarlar korrupsiyaga berilib ketgan”. Prezident rahbarlarni oxirgi marta ogohlantirdi

/

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi. Davlat rahbari turli tashkilotlar rahbarlari orasidagi korrupsiya holatlari masalasiga ham toʻxtaldi.

“Koʻplab joylarda rahbarlarimiz, viloyat, tuman hokimlari, koʻplab tashkilot mutasaddi rahbarlari, yoʻl, suv, qurilish, tibbiyot, maktabgacha taʼlim sohalarida tushunmagan rahbarlar juda katta korrupsiyaga berilib ketgan. Peshona terimiz bilan mana shunday ogʻir, shiddatli, tahlikali zamonda koronavirusga uchrab, iqtisodiyotimizni barqaror qilish va bir soʻm pulni topib, xalqimizga yetkazish boʻyicha juda katta harakatlar qilyapmiz”, dedi u (video).

Prezident ushbu masalada “endi qonun ustuvor, jazo muqarrar” boʻlishini taʼkidladi.

“Xalqimizning oldida uzr soʻrab, oxirgi marta sizlarni [rahbarlarni] ogohlantirmoqchiman… Mana, Samarqand viloyati hokimining oʻzi gapirib bersin, pastki boʻgʻinda, maktabgacha taʼlim, tibbiyotda qancha poraxoʻrlar borligini. Mana Andijonda viloyat hokimligining bitta noinsofi 128 ming dollar, 30 ming dollar olyapti. Nima, Abdurahmonov (Andijon viloyati hokimi — tahr.), xizmatning rahbari (viloyat DXX boshqarmasi — tahr.) bilmaydimi? Prokurori bilmaydimi? Abdurahmonov sezmaydimi atrofida kim yurganini? Bitta odamni norozi qilib, 5 dollar olgan boʻlsa ham prezidentning siyosatiga xiyonat deyiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Latest from Blog