Qualcomm simsiz quvvatlanadigan elektromobilni taqdim qildi

Amerikaning Qualcomm kompaniyasi 2014-yildan buyon 9 mln yevro mablag‘ tikilgan Fabric loyihasini amalga oshirib keladi. Nihoyat, uning doirasida o‘z-o‘zini dinamik quvvatlaydigan Dynamic Electric Vehicle Charging yoki Qualcomm DEVC nomli elektromobil texnologiyasini taqdim qilindi, deya xabar berdi Terabayt.uz portali.

Foto: Qualcomm

Ushbu texnologiya elektromobilni 20 kVt.gacha quvvat bilan ta’minlaydi. Elektrokar harakat chog‘ida Qualcomm Halo, ya’ni simsiz quvvatlash texnologiyasi orqali quvvat oladi.

Qualcomm kompaniyasi hamkori bo‘lgan Vedecom muassasasi quvvatlash qurilmalari bilan ta’minlangan 100 metrlik maxsus yo‘l qurgan. Bu yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil simsiz quvvatlash orqali elektrokar akkumulyatorini elektrga to‘ldiradi.

Kelajakda elektromobillarni qo‘shimcha akkumulyator muammosidan xalos qilish uchun yo‘llarda mana shunday maxsus quvvatlash yo‘laklarini qurish kerak bo‘ladi. Qualcomm yaqin yillar ichida loyihani ilg‘or yechimlar bilan boyitishni reja qilmoqda.

Latest from Blog