Qozon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi bosh konsulligi ochiladi

Rossiya hukumati Qozon shahrida Oʻzbekistonning bosh konsulligi ochilishini maʼqulladi. Bu haqda huquqiy maʼlumotlar rasmiy internet portalida joylashtirilgan farmoyishda aytilgan.

Foto: Sputnik/ Maksim Bogodvid

Bosh vazir Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangan hujjatda Qozon shahrida Oʻzbekiston Respublikasining bosh konsulligini ochish haqidagi Rossiya TIV taklifini qabul qilish koʻrsatilgan.

Qozondagi Oʻzbekiston bosh konsulligi hududiga Boshqirdiston, Mariy El, Mordoviya, Tatariston, Udmurtiston, Chuvashiston, Perm oʻlkasi, Nijegorod, Orenburg, Penza, Samara, Saratov va Ulyanovsk viloyatlari kiradi.

Tatariston hukumatiga bosh konsullik uchun ijara yoki sotib olish shartlari asosida xizmat va yashash binolari ajratish tavsiya qilindi.

Ayni vaqtda Rossiya hududida Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasi va Novosibirskdagi konsullik faoliyat koʻrsatmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar