Qozog’istonlik qo’shiqchilarga fonogrammada kuylash taqiqlanishi mumkin


Qozog‘istonlik qo‘shiqchilarga sahnada qo‘shiqni fonogramma orqali ijro etish taqiqlanishi mumkin. Bunday tashabbus bilan Qozog‘iston madaniyat va sport ishlari vaziri chiqgan, deya xabar qildi actualnews.org.

Vazir faqatgina xonandalarning sahnada jonli kuylashini ta’minlay oladigan konsert tashkilotchilariga litsenziya berishni taklif qildi.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda Qozog‘istonda qo‘shiqchilarning faoliyati nazorat qilinmaydi. Litsenziyaga ega bo‘lmay turib ham tashkilotlar har qanday zal yoki maydonni ijaraga olib konsert tashkillashtiradi.

Latest from Blog