Qozog‘istondagi avtobus avariyasida O‘zbekiston fuqarolari jarohatlandi

26-fevralga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Xromtau tumanida Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 810-kilometrida Mercedes markali yo‘lovchi avtobusi (davlat raqami 914 SMV 13) ag‘darilib ketdi.

Foto: KTKnews

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi va Xromtau shahrining Markaziy tuman kasalxonasiga yetkazildi, deya xabar qildi mamlakat TIV matbuot xizmati.

Jabrlanganlarning holati o‘rta darajada. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Latest from Blog