/

Qozog‘istonda Navro‘z bayramini 10 kun nishonlash taklif etilmoqda

Foto: Tengrinews

Hujjatga ko‘ra, ushbu bayramni 14-martdan 23-martgacha nishonlash taklif etilmoqda:

  • 14-mart — Tabriklar kuni;
  • 15-mart — Tabiat kuni;
  • 16-mart — Ajdodlar xotirasi va duolari kuni;
  • 17-mart — Tarix kuni;
  • 18-mart — Hayrli ishlar kuni;
  • 19-mart — Sport va mahorat kuni;
  • 20-mart — Donolik va bilim kuni;
  • 21-mart — Milliy taomlar kuni;
  • 22-mart — Xalqning ulug‘ kuni;
  • 23-mart — Ehtirom kuni.

“Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ‘Mustaqillik — eng aziz ne’mat’ maqolasida Navro‘z bayramini nishonlash konsepsiyasini ishlab chiqish va bahor bayrami mazmunini boyitishga ko‘rsatma berdi. (…) Navro‘z bayramining asosiy maqsadi — Qozog‘iston zaminida tinchlik va do‘stlikni mustahkamlash, milliy o‘zikni saqlash, oilaviy qadriyatlarni ommalashtirish, atrof-muhitga oqilona munosabatni shakllantirish”, — deyiladi hujjatda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog