Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 55 o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi trassada avtobus buzilib qolishi natijasida viloyat markazigacha yetib borolmagan 55 o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi.

Korrespondent uzbekistan 018
Foto: Ernst Law Group

Rossiyaga ketayotgan avtobus Dostik qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan.

Mahalliy politsiyachilar yo‘lovchilarni mahalliy maktab binosiga olib borishdi, ular issiq joy va yegulik bilan ta’minlanishdi.

Buzilib qolgan transport vositasi Pavlodarga olib ketilgan.

Yo‘lovchilar esa boshqa avtobusda Rossiya chegarasigacha olib borib qo‘yilgan. Chegarada esa migrantlar Rossiya avtobusiga o‘tkazilgan.

Bu o‘tgan ikki oy ichida Qozog‘iston hududida migrantlar mingan avtobuslar bilan sodir bo‘lgan uchinchi holatdir.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar