Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida savdo hajmi pasaydi

2020-yil yanvar-mart oylarida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmi 612 million dollarni tashkil qilgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 foizga past ko‘rsatkich.

Foto: CA-IR NEWS

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmining salbiy o‘sishi Qozog‘iston eksportining kamayishi bilan bog‘liq. 2020-yilning I choragida neft mahsulotlari, mis rudalari, kungaboqar urug‘lari kabi mahsulotlar eksporti kamaygan.

Hisobot davrida Qozog‘iston tovarlarining O‘zbekistonga eksporti 5,2 foizga kamayib, 464,8 million dollarni tashkil qilgan. Qozog‘istondan O‘zbekistonga import 12,2 foizga o‘sib, 147,2 million dollarga yetgan.

Ma’lumotlarga asosan O‘zbekistonga eksportning pasayishi neft mahsulotlari (4,8 baravarga — 7,6 million AQSh dollarigacha), mis rudalari va konsentratlarning (44 baravar — 22 million dollardan 500 ming dollargacha) va kungaboqar urug‘i (2,6 baravar — 9,4 million) kabi tovarlarni yetkazib berish hajmining kamaygani bilan izohlanadi.

Qozog‘istonning asosiy import tovarlari tabiiy gaz — 49,3 million dollar (umumiy hajmning 33,5 foizi), polimerlar —12,2 million dollar (8,3 foiz), uzum — 7,1 million (4,8 foiz), tomatlar —7 million (4,8 foiz), karam — 5,7 million (3,9 foiz), quruq sabzavotlar — 4,2 million (2,9 foiz).

2019-yil yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston va O‘zbekiston ikki tomonlama savdo aylanmasi 4,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Ikki davlat 2020-yil oxirigacha ushbu ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgandi.

2020-yil 26-fevralda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 500 million dollarlik 30 ta kelishuv imzolangan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog