Qozog‘iston deputatlari O‘zbekiston bilan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga tuzatishlar ratifikatsiyasini ma’qulladi

Qozog‘iston Parlamenti Majilisi deputatlari 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga, shuningdek, Norvegiya bilan xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi bitimga tuzatishlar kiritishni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi, deb yozadi Kazakhstan Today.

Foto: Хабар 24

Majilis spikeri Nurlan Nigmatulinning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Norvegiya bilan bitimlar Qozog‘iston transport infratuzilmasidan foydalanib, global logistika sxemalarini shakllantirishga qaratilgan.

Bitimlar ratifikatsiyasi yo‘lovchi, shuningdek, avtomobil tashuvlarini amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratish imkonini beradi, deyiladi palata matbuot xizmati xabarida.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar