Qozogʻistondan Oʻzbekistonga «Doʻstlik karvoni» keldi


Janubiy Qozogʻiston viloyatidan Oʻzbekistonga «Doʻstlik karvoni» keldi, deb maʼlum qildi viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

Oʻzbekistonga tashrif buyurgan qozogʻistonlik 50 nafar oqsoqol qozoq jamoat arbobi Tole biyning Toshkentdagi qabrini ziyorat qilishadi, Amir Temur va Yalangtoʻsh Bahodirning Samarqanddagi maqbaralari, Buxorodagi Bahouddin Naqshbandiy meʼmoriy majmuasi bilan tanishadilar.

Shu bilan birga «Doʻstlik karvoni» vakillari Oʻzbekistondagi Baynalmilal madaniyat markazi, qozoq madaniyat markazi va boshqa tarixiy-madaniy markazlarga tashrif buyurib, u yerda mahalliy aholi bilan uchrashadilar.

Mazkur tadbir Qozogʻiston xalqi assambleyasi va Oʻzbekiston Baynalmilal madaniyat markazi oʻrtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu memorandum Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida Qozogʻistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar