Qozogʻistonda oʻzbek avtomobillari sotuvi keskin oshdi

Qozogʻistonga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning kirib kelishi keskin oshdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston.

Foto: Sputnik Oʻzbekiston

Xabarda aytilishicha, 2017-yil boshidan buyon Oʻzbekiston Qozogʻiston import bozorining 11,5 foizini egallashga ulgurgan. Yilning dastlabki uch oyi davomida Qozogʻistonga 2,3 mln dollarlik 480 dona mashina kirgan.

Rossiya avtomobillari importi esa 24 foizga qisqargan. Yanvar-mart oylari davomida 3100 dona mashina import qilingan.

Eslatib oʻtamiz, shu bilan birga Qozogʻistonning Kostanay viloyatida 2017-yilda xitoylik va oʻzbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 10 ming dona avtomobil yigʻishga qaror qilingandi.

Latest from Blog