/

Qozogʻistonda parlamentning quyi palatasiga saylovlar 10-yanvarga belgilandi

1 daqiqada oʻqiladi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Qozogʻiston parlamentining quyi palatasi — majlisga saylovlarni 10-yanvar kuniga beladi. Tegishli farmon 21-oktyabr kuni Akorda veb-saytida eʼlon qilindi.

“Partiya roʻyxatlari bilan saylanadigan Qozogʻiston Parlamenti Majlisi deputatlarining navbatdagi saylovlarini 2021-yil 10-yanvarga tayinlash hamda Qozogʻiston Xalq Majlisi tomonidan saylanadigan Qozogʻiston Parlamenti Majlisi deputatlarining navbatdagi saylovlarini 2021-yil 11-yanvarga tayinlash” toʻgʻrisida farmon matnida maʼlum qilingan.

Markaziy saylov komissiyasiga navbatdagi deputatlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni tashkil etish topshirildi. Hukumat, poytaxt Olmaota va Chimkent shaharlari va viloyatlarning hokimlariga navbatdagi deputatlar saylovini tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun zarur choralarni koʻrish yuklatilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog