Foto: Jetphotos.com

Qozogʻistondan Oʻzbekistonga yangi yoʻnalishda aviareys yoʻlga qoʻyildi

“Oqtau — Urganch — Oqtau” yoʻnalishi boʻyicha Qozogʻistonning “SCAT” aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-300 rusumidagi havo kemasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 7.00da Urganch xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Bu haqda “Uzbekistan airports” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Oqtau shahridan 7 nafar yoʻlovchini vohaga keltirgan samolyot Aeroport rahbariyati, Xorazm viloyati hokimligi, viloyat Transport boshqarmasi, viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan yomgʻirli favvora yordamida tantanali kutib olindi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur aviaqatnov endilikda haftaning dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Maʼlumot oʻrnida: samolyot soat 8.00da 145 nafar yoʻlovchini olib, yana oʻz manzili tomon parvoz qildi.

Eslatib oʻtamiz, Scat Air sayyohlar tomonidan unchalik ham tavsiya etilmaydigan aviakompaniya sifatida bot bot eslanadi.

Latest from Blog