Foto: UzReport.news

Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston prezidenti Gʻanining mamlakatga kelganini rad etdi

/

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Qozogʻiston hududida emas, deb xabar berdi Qozogʻiston TIV “Interfaks.ru”ga.

Avvalroq Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday bayonot bergan edi.

15-avgustda Tolibon Kobulni egallab oldi. Xabar berilishicha, Ashraf Gʻani isteʼfoga chiqqan va mamlakatni tark etgan. OAV maʼlumotlariga koʻra, u Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biriga koʻchib oʻtgan.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati, shuningdek, Afgʻonistonda Qozogʻiston fuqarolari qolmaganini, hech boʻlmaganda diplomatlar bilganini aytdi. Hozirda Kobulda elchixonaning baʼzi xodimlari, jumladan, elchi qolgan.

Avvalroq Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Oybek Smadiyarov Afgʻonistondan barcha diplomatlarni evakuatsiya qilishni rejalashtirmaganliklarini aytgandi.

Yakshanba kuni Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Qozogʻiston elchixonasi cheklangan miqdordagi faoliyatini davom ettirayotganini, xodimlarning xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrilayotganini aytdi.

Latest from Blog