Foto: Kun.uz

Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Oʻzbekistonga keladi

2021-yil 3-4-iyun kunlari Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayevning Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi boʻlib oʻtadi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gul qoʻyish, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Hazrati Imom”, Shayx Xovandi Tohur majmualari, «Qaldirgʻochbiy» maqbarasi, Texnoparkka tashrif buyurish ham nazarda tutilgan.

Latest from Blog