Qozogʻiston Oʻzbekistonga nota yubormaydi — Qozogʻiston TIV

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining buzilishi va natijada Qozogʻistonning Turkiston viloyatidagi bir qator aholi punktlarini suv bosishi bilan bogʻliq vaziyat hukumatning alohida nazoratida, deyiladi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Foto: President.uz

Maʼlumki, shu yil 2-may Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻrtasida telefon orqali suhbat boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida tomonlar mavjud vaziyatni jiddiy muhokama qilishdi va ikki mamlakat hukumatlarining kelishilgan holda ishlashi toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Suv toshqinining oqibatlarini birgalikda bartaraf etishda hukumatlar va chegaraoldi hududlari rahbarlarining yaqin hamkorligini hisobga olib, Oʻzbekiston tomoniga Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining notasini yuborish joiz emas, deyiladi xabarda.

Turkiston viloyati hokimi Oʻzbekistonning qoʻshni viloyatlariga tezkor safar bilan bordi va oʻzbek tomoni bilan zarur muzokaralar oʻtkazdi, natijalari bugungi hukumat yigʻilishida xabar qilindi.

Ikki tomon oʻrtasidagi barcha aloqalar Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnomalar, strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomalar va Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi konvensiya normalariga toʻla mos ravishda amalga oshiriladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog