Foto: Post and Courier

Qoraqalpog‘istonda tuproq bosib qolishi oqibatida 3 kishi vafot etdi

Qo‘ng‘irot tumanida suv quvuri qaziyotgan 4 kishini tuproq bosib qoldi, deya xabar qilmoqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi.

Qayd etilishicha, Qo‘ng‘irot tumani Suo‘yonli ovuli hududida soat 05:30 larda fuqaro S.U. (1990-yilda tug‘ilgan), voyaga yetmaganlar S.K. (2006-yilda tug‘ilgan), S.M. (2007-yilda tug‘ilgan) va D.M. (2004-yilda tug‘ilgan) yer ostidagi suv quvurini qazib olayotgan vaqtida tuproq o‘pirilib, bosib qolgan.

Fuqaro S.U., S.K. va S.M. voqea joyida vafot etgan, voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog