Qoraqalpog‘istonda ikki vazir Nukus va Xo‘jayli tumanlariga hokim etib tayinlandi


Qoraqalpog‘istonning Nukus va Xo‘jayli tumanlarida hokimlar o‘zgardi. KRuz.uz nashridan ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan Seytaxov Ajiniyaz Polatbayevich Nukus tumaniga hokim etib tayinlangan.

Nukus tumani hokimi lavozimida Seytnazarov Ergali Erjanovich ishlab kelayotgan edi.

Shu yilning yanvar oyida Xo‘jayli tumaniga hokim etib tayinlangan Embergenov Jengisbay Saginbayevich o‘z lavozimidan ozod etilgan.Uning o‘rniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan Qaypov Daryabay Jaqsibayevich tayinlangan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar