Qoraqalpog‘istonda devor bosib qolishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Foto: Interfax.uz

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida 3 kishi devor bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.

Xo‘jayli tumani Ichki ishlar bo‘limiga 28-fevral kuni soat 13:00 da kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 12:30 da tumanning “Madaniyat” MFYda fuqaro A.A.ning eski uyini B.Q., S.L. va J.T. buzayotgan paytda devor qulab tushib, ularning uchovi ham devor ostida qolib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Xo‘jayli tumani IIB TB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog