Qoraqalpog‘istonda 5 kishi gazdan zaharlanib, vafot etdi

Foto: Interfax.uz

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida besh kishi is gazidan zaharlandi, deya xabar bermoqda Qoraqalpogʻiston prokuraturasi.

Voqea yuzasidan 6-mart kuni soat 11:30 larda Toʻrtkoʻl tumani IIBga xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, Toʻrtkoʻl tumani, “Yangiobod” MFYda yashovchi fuqaro I.U.(erkak) va uning qizlari R.S.(2003-y.t.), R.A.(2010-y.t.) va oʻgʻli R.M.(2005-y.t.) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.Sh. vafot etgan.

Maʼlum boʻlishicha, ular xonadonda oʻrnatilgan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanishgan.

Ushbu holat yuzasidan Toʻrtkoʻl tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining JKning 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog