Qoraqalpog‘iston kengliklarida qulonlar paydo bo‘ldi

XIX asrda O‘zbekistonning Ustyurt kengliklarida ko‘p sonda uchragan turkman qulonlari (ilmiy tilda lot. Equus hemionus onager, ya’ni onagr deb nomlanadi, yunoncha onos — eshak, agros — dala) XX asrning 30-yillariga kelib butunlay qirilib-yo‘qolib ketgan edi, deb yozadi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Foto: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

Qulon Xalqaro tabiatni muhofaza qilish uyushmasining Qizil kitobiga, Yo‘q bo‘lish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro tijorati to‘g‘risidagi Konvensiyaning (SITES) Ilovasiga (CITES – ingl. Convention on International Trade in Endangered Species of Wild Fauna and Flora) va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga yovvoyi tabiatda yo‘qolib borayotgan hayvonot turi sifatida kiritilgan.

Qulonlar Ustyurt cho‘llarida va yarimcho‘llarida oziqlanadi. Yozda asosan kichik to‘dalarda suvloqlarda uchraydi, qishda esa katta to‘dalarda cho‘l bo‘ylab ko‘chib yuradi.

2014-yilda yozda olimlar Qoraqalpog‘istonning Turkmaniston bilan tutashgan shimoli-g‘arbiy chegarasida 9 qulondan iborat to‘dani aniqladi.

Bu haqida O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi professori, biologiya fanlari doktori Svetlana Mambetullayeva shunday deydi:

— O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘simliklar va hayvonot dunyosi genofondi tomonidan tashkillashtirilgan ekspeditsiyada O‘zbekiston uchun  birinchi marotaba qoraqalpoq Ustyurtining janubi-g‘arbiy tomonida qulonning mavjudligi aniqlandi. Qulonlarning Qoraqalpog‘istonda qaytadan paydo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega yangilik. Ma’lumki, Orol dengizining qurishi bilan og‘ir ekologik vaziyat og‘irlashdi, ofat oqibatida Orolbo‘yi hududida bioxilma-xillik yo‘qolib ketdi. Lekin, keyingi paytlari davlatimizda suv va suv resurslaridan oqilona foydalanish natijasida hududda birnyaa vetlandlar, yasama suv havzalari paydo bo‘ldi. Bu o‘z navbatida bioxilma-xillikning rivojlanishiga sababchi bo‘lmoqda. Hukumat tomonidan noqonuniy ovga keskin to‘siq qo‘yilishi ham yovvoyi faunaning rivojlanishiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Aynan qulonlarning yurtimizga kela boshlashi asosan shu ikki faktorga bog‘liq.

Qulonlar sonining ortishiga yana bir sabab Turkmaniston bilan O‘zbekiston hududi (Qoraqalpog‘iston) chegarasiga aholi yashash punktlarining uzoqligi, yo‘lning murakkabligi hamda chegara rejimining saqlanishidir. Hozirgi qulonlar yashayotgan hududga odamlar borishi ancha mushkul. Qulonlarni qat’iyat bilan muhofaza qilishimiz kerak, ularning bosh sonini ko‘paytirishimiz kerak. Qulonlarni saqlash uchun ularning yashash o‘rni sharoitini, ozuqa-yem bazasini yaxshilash darkor va tabiiy dushmanlaridan, brakonyerlardan himoya qilish bo‘yicha doimiy monitoring olib borishimiz kerak. Orolbo‘yi hududida, xususan, Barsakelmes, Shaxpaxti, Asakovdon pastliklarida qo‘riqxona va zakazniklar tashkil qilish zarur.

Qulonlarning mavjud ekanligini Sariqamish ko‘lidagi xo‘jaliklarning baliqchilari ham tasdiqlaydi. Ularning bildirishicha, hududda qulonning 20 nafardan iborat to‘dasi tez-tezdan ko‘zga tashlanadi.

Butunjahon Yovvoyi Tabiat Fondi (WWF), Germaniyaning DAAD tashkiloti moliyalashtiruvi bilan O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi Bosh Boshqarmasi va Mixael Zukkov Fondi  (Germaniya) hamkorligida 2012—2014-yillarda qoraqalpoq Ustyurti va shimoliy Sariqamish havzasi hududida o‘tkazilgan ekspeditsiya ishlari natijasiga ko‘ra (bu ish bilan www.naturalresources-centralasia.org sayti orqali tanishishingiz mumkin) bu hududlarda tabiatda to‘liq yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan Ustyurt arxarlarining, Ustyurt jayronlarining, bo‘rsiqlarining, turkman qulonlarining yashashini ma’lum qiladi va ularni rasmga olishga muyassar bo‘ladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar