Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etdi

1 daqiqada oʻqiladi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

korrespondent 29

Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar iyul oyi boshida paydo bo‘lgandi. Ammo o‘shanda Qoraqalpog‘iston rahbariyati bu xabarlarni qat’iy rad etgandi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) 18-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqida xabar bergandi. SSV Yerniyazovning ahvolini barqaror deb baholagandi. Musa Yerniyazovda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganidan beri u Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali klinikasida davolangan.

30-iyuldagi AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi Anvar Alimov Musa Yerniyazovning ahvoli og‘irligi va u sun’iy nafas olish apparatiga ulanganini ma’lum qilgandi.

Musa Yerniyazov 1947-yil 20-dekabrda Kegeyli tumanida tug‘ilgandi. U 2002-yildan beri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

“Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 146 nafarga yetdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog