Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Qoʻqon shahar hokimining birinchi oʻrinbosari A.N. jinoyat ustida qoʻlga olindi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

DXX matbuot xizmati Gazeta.uz’ga ushbu xabarni tasdiqlagan.

Xabarda koʻrsatilgan bosh harflar va lavozimga qaraganda, gap hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi Abduxaliljon Nurmatov haqida ketmoqda.

Qayd etilishicha, u Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari O.M. bilan birga ushlangan.

Ikki mansabdor jinoiy til biriktirib, bir tadbirkorga mazkur temir yoʻl uzeli balansida boʻlgan 2,5 gektar yer maydonidagi bino va inshootlar boʻyicha oʻtkaziladigan auksion savdolarda uning foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga 180 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. Ular ushbu mablagʻdan 10 ming dollarini olayotganida tegishli organlarning tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Ayni paytda ularga nisbatan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilga

Latest from Blog