Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisini qabul qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Itoni qabul qildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Muloqot davomida Nurdinjon Ismailov Yaponiya elchisiga Qonunchilik palatasi faoliyati, deputatlar korpusining joylardagi vaziyatni o‘rganish, saylovchilar bilan muloqotni mustahkamlashdagi yangicha yondoshuvlari haqida hikoya qildi.

Nobuaki Ito yaponlar o‘rtasida O‘zbekiston bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish tarafdorlari ko‘pligi, mamlakat siyosiy doiralari Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlarini yuqori baholayotganini ta’kidladi.

Tomonlar parlamentlararo aloqalarning mavjud holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, “O‘zbekiston — Yaponiya” 2-parlamentlararo forumiga tayyorgarlik va uni o‘tkazish masalalalarini muhokama qildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar