Test sinovlariga 90 nafar abituriyent tana harorati 37⁰ C dan yuqori boʻlganligi sababli dalolatnoma tuzilib, kiritilmadi.

AOKAda tashkil etilgan DTM mutasaddilari ishtirokida brifingda maʼlum qilinishicha, davlat komissiyasining 2020-yil 19-iyundagi 1-son bayoniga muvofiq, 17-sentabr kuni tana harorati 37⁰C dan yuqori boʻlgan, test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tayyorlangan stadion va xiyobonlarda qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.