Qoʻl jangi federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish videoselektor shaklida tashkil etildi. Unda tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Qoʻl jangi federatsiyasi
minsport.uz

Yigʻilishda Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi lavozimiga bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondoni sifatida faoliyat olib borayotgan Jurayev Rustam Mirzayevich nomzodi taklif etildi va yigʻilish delegatlari tomonidan bir ovozdan saylandi.
Yigʻilish yakunida Rustam Jurayev federatsiya raisi lavozimiga saylanishida ishonch bildirganlarga alohida minnatdorlik bildirib, qoʻl jangi sport turini mamlakatimizda yangi bosqichga olib chiqish, bu sport turi boʻyicha sportchi va trenerlarga shart-sharoitlar yaratish, yurtimizda uyushmagan yoshlar oʻrtasida ushbu sport turi boʻyicha tizimli musobaqalar tashkil etish, shuningdek, federatsiyaning hududlardagi moddiy-texnika bazasini takomillashtirish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur boʻlgan takliflarini bildirdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog