Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki muassasaga ajratildi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini ikki muassasaga ajratish haqida qaror imzoladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti vazirlik vakili xabariga asosan.

Foto: Gazeta.uz

“Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini qayta tashkil qilish haqida qaror imzoladi. Unga koʻra ushbu vazirlik asosida ikkita vazirlik tashkil qilinadi – qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi vazirliklari”, — deyilgan muassasa vakili xabarida.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 1996-yilda Qishloq xoʻjaligi va Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirliklarini birlashtirish asosida tashkil qilingan edi.

2016-yil dekabridan qishloq va suv xo‘jaligi vaziri sifatida ishlab kelgan Zoyir Mirzayev bu mansabni tark etdi. U bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qoldi.

Nashrning hukumatdagi manbalariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi vaziri etib Bahodir Yusupov tayinlandi. Bunga qadar u O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Suv xo‘jaligi vaziri etib Shavkat Hamroyev tayinlandi. Bunga qadar u qishloq va suv xo‘jaligi vazirining suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar